07:44 / 28.03.2020
2802
Qonunchilik palatasi kengashining ishchi yig‘ilishi ilk bora videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida Kengash yig‘ilishi ilk bor videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi. Buning uchun quyi palatada barcha texnik imkoniyat yaratilgani aytiladi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

2020 yil 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda prezident raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhokama etilgan masalalar, davlat rahbarining kuni kecha qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Davlat rahbarining koronavirusga qarshi kurashish yuzasidan xalqqa qilgan murojaati va unda ko‘tarilgan masalalar ham Kengash a'zolarining diqqat markazida bo‘ldi.

Yig‘ilishda ayni masalalar yuzasidan deputatlik korpusi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida Kengash yig‘ilishi ilk bor videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi. Buning uchun quyi palatada barcha texnik imkoniyat yaratilgani aytiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top