22:48 / 28.03.2020
7942
Toliblar Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi

"Tolibon"ning qayd etishicha, hukumat e'lon qilgan delegatsiya tarkibi harakatning talablariga mos kelmaydi.

Foto: Washingtonpost

"Tolibon" harakati Afg‘oniston hukumati tomonidan shakllantirilgan delegatsiya bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda harakat bayonotida ma'lum qilindi.

"Biz faqat kelishuvga muvofiq shakllantirilgan muzokarachilar guruhi bilangina muzokara o‘tkazamiz", - deyiladi bayonotda.

"Tolibon"ning qayd etishicha, hukumat e'lon qilgan delegatsiya tarkibi harakatning talablariga mos kelmaydi va toliblar bilan Vashington o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ziddir.

9 fevralda Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandi. 

19 mart kuni Afg‘oniston hukumati “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani tufayli unga qarshi jangovar harakatlarni qaytadan boshlashga ko‘rsatma berdi.

Top