15:38 / 28.03.2020
14707

Uzluksiz ichimlik suvi yo‘q hududlar karantin davrida qanday yashaydi?

O‘zbekistonning ayrim hududlari uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan. Ammo karantin davrida ham ularga suv yetkazib berish to‘xtatilmaydi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot kotibi Alipasha Ahmedov uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan hududda istiqomat qiluvchi aholi talabi qondirilishini ma'lum qildi.

 
Uzluksiz ichimlik suvi yo‘q hududlar karantin davrida qanday yashaydi?

Uzluksiz ichimlik suvi yo‘q hududlar karantin davrida qanday yashaydi? 👉 https://kun.uz/45846797

Posted by Kun.uz on Saturday, March 28, 2020

«Ayni paytda 2 mingga yaqin maxsus suv tashuvchi transport vositalar faoliyati ko‘rsatmoqda. Ular orqali uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan hududlarga suv yetkazib berilishi belgilangan. Bu tadbir karantin davrida ham to‘xtatilmaydi va o‘rnatilgan tartibda davom etadi», - dedi u.

Ammo ichimlik va oqova suv uchun iste'molchilardan tushadigan tushum darajasi bunga qadar bir kunlik o‘rtacha tushum 4,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 26 mart kuni 2,9 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu salkam 2 baravarga kamayishni ko‘rsatyapti.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top