12:10 / 28.03.2020
46903
Yuqori Chirchiqdagi maxsus shifoxonaga 650 nafar fuqaro joylashtirildi

Joriy yilning 27 mart kuni xorijdan olib kelingan 650 nafar fuqaro u yerga qabul qilindi

Foto: Qurilish vazirligi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan karantin zonasining dastlabki lotlari barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining xabar berishicha, joriy yil 27 mart kuni xorijdan olib kelingan 650 nafar fuqaro u yerga qabul qilindi.

Foto: Qurilish vazirligi 

55 gektar hududda 3 467 konteyner o‘rnatiladi, barcha qulayliklarga ega konteynerlar 4 nafardan 8 nafargacha shaxs uchun mo‘ljallangan.

Maxsus shifoxonada charter reyslarda xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar karantinda saqlanadi. Poytaxtdan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top