18:09 / 29.03.2020
13865
Antiseptik vositalarga bo‘lgan talab oshgan. Moliya vazirligi etil spirti sotuvi ustidan nazorat o‘rnatmoqda

Moliya vazirligi fuqarolarning antiseptik vositalariga bo‘lgan talabini oshishi hamda ushbu vositalar taqchiligiga yo‘l qo‘lmaslik maqsadida etil spirti sotuvi ustidan bilvosita nazorat o‘ranatmoqda.

Foto: RFE

Ma'lum qilinishicha, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlaridan foydalanish uchun etil spirti xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki tartibga solish inspeksiyasining ishonch telefon raqamlariga (tel: (998 71) 244-19-95, 244-07-07) murojaat qilish so‘raladi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda etil spirti ishlab chiqarish hajmini barqarorligi hamda ularning narxlari davlat tomonidan, shuningdek iste'mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyundagi 474-son qarori bilan tartibga solinadi

Ayni paytda to‘rtta korxona Iste'mol va texnik etil spirti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top