01:31 / 29.03.2020
42682

Bill Geyts koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali chorasi nima ekanligini aytdi

Tadbirkor koronavirusga qarshi kurashishning asosiy chorasi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish ekanligini ta'kidladi.

Foto: Getty Images

Milliarder va Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts agarda u prezident bo‘lganida koronavirusga qarshi kurashda qanday choralar ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Tadbirkor koronavirusga qarshi kurashishning asosiy chorasi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish ekanligini ta'kidladi.

“Asosiy g‘oya shundaki, bizda o‘zimizni izolyatsiya qilishdan boshqa yo‘l yo‘q. Agar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishning barcha shartlariga milliy darajada amal qilinsa, 20 kundan keyinoq infeksiya tarqalishi pasayishini ko‘rasiz”, dedi u.

Geyts shuningdek, mamlakatdagi hayot tarzini to‘xtatish "unchalik oson ish emas"ligini e'tirof etdi. 

U avvalroq koronavirusni XX asrda 50 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “ispan grippi”ning XXI asrdagi “muqobili” deb atagandi.

 

Mavzuga oid
Top