09:18 / 29.03.2020
99251
Avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomani olish tartibi haqida ma'lumot berildi

O‘zbekistonda 30 mart kunidan shaxsiy transportdan foydalanishga qo‘yilayotgan cheklov munosabati bilan Adliya vazirligi matbuot xizmati yo‘llarda harakatlanish uchun talab etiladigan maxsus ruxsatnomani olish tartibi bo‘yicha ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, maxsus ruxsatnoma (stiker) Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00dan amaliyotga joriy etiladi.

Maxsus ruxsatnoma Markazga tashrif buyurishdan oldin, markazga oldindan telefon qilib, ma'lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi. 

Avvaldan ro‘yxatdan o‘tmagan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari telefon raqamlari 29 mart kuni soat 08:00da e'lon qilinadi.

Birinchi navbatda oziq-ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi.

«Maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qatiyan man etiladi va tartib buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, deya ogohlantiriladi xabarda.

Maxsus ruxsatnoma olish uchun Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Davlat xizmatlari markazlarining ro‘yxati:

Toshkent shahri

1.Bektemir tumani (71) 231-84-56

2.Mirzo Ulug‘bek tumani (71) 262-04-70

3.Mirobod tumani (71) 233-13-47 

4.Olmazor tumani (71) 231-71-36

5.Sergeli tumani (71) 230-08-84

6.Uchtepa tumani (71) 217-47-82

7.Chilonzor tumani (71) 203-60-16 

8.Shayxontohur tumani (71) 231-12-75

9.Yunusobod tumani (71) 235-41-42

10.Yakkasaroy tumani (71) 231-88-12

11.Yashnobod tumani (71) 231-19-34

Toshkent viloyati

12. Nurafshon shahri (70) 762-63-47

Andijon viloyati 

13. Andijon shahri (74) 223-03-03, (74) 223-00-30

Buxoro viloyati 

14. Buxoro shahri (65) 223-21-45

Navoiy viloyati

15. Navoiy shahri (79) 210-11-48

Namangan viloyati

16. Namangan shahri (69) 227-00-32, (69) 227-00-31

Jizzax viloyati

17. Jizzax shahri (72) 226-33-23, (72) 226-33-22

Sirdaryo viloyati

18. Guliston shahri (67) 225 83 41, (67) 225 28 22

Samarqand viloyati

19. Samarqand shahri (66) 237-70-39

Farg‘ona viloyati

20. Farg‘ona shahri (73) 241-85-49

Xorazm viloyati

21. Urgan shahri (62) 224-75-62, (62) 224-73-47

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

22. Nukus shahri (61) 222-70-35, (61) 222-70-96

Qashqadaryo viloyati

23. Qarshi shahri (91) 4730030, (91) 6357201, 

Surxondaryo viloyati

24. Termiz shahri (76) 225-19-08

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top