16:40 / 29.03.2020
12689

Nurmat Otabekov «tibbiy kuzatuvga olindi» atamasiga izoh berdi

Tibbiy kuzatuvdagi shaxslarning begonalar bilan muloqot qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tana harorati muntazam o‘lchab turiladi.

Videodan kadr /O‘zbekiston 24 telekanali

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan «tibbiy kuzatuvga olish» atamasiga izoh berdi.

«Koronavirus kasalligiga chalingan shaxslar bilan muloqotda bo‘lganlar, epidemik noxush hududlardan olib kelinib, 14 kunga karantinga joylashtirilgan shaxslar tibbiy kuzatuvga olinganlar hisoblanadi», – dedi Otabekov 29 mart kungi brifingda.

Uning aytishicha, tibbiy kuzatuv paytida nazoratdagi shaxslarning begona odamlar bilan bevosita muloqotiga yo‘l qo‘yilmaydi, kun davomida tana harorati o‘lchab turiladi, uchastka shifokori yoki hamshiraning tashrifi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tomoq-burundan olingan surtmalar virusologiya laboratoriyalarida tekshirib turiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top