12:52 / 29.03.2020
98072
Transport harakati uchun ruxsatnoma olishda qaysi hujjatlar kerakligi ma'lum qilindi

Transport vositasida harakatlanish imkonini beruvchi maxsus ruxsatnoma (stiker)ni olish uchun qaysi hujjatlar talab etilishi ma'lum qilindi.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar uchun kerakli hujjatlar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Kerakli hujjatlar quyidagilar:

- fuqarolik pasporti;

- avtomototransport texnik pasporti;

- Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun – tegishli tuman hokimligining xati;

- tadbirkorlik sub'yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya;

- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;

- xodimning mehnat daftarchasi yoki lavozimga tayinlangani to‘g‘risida buyruq.

«Mazkur hujjatlar davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Karantin e'lon qilinganiga qaramasdan DXMlarga juda ko‘p fuqarolar kelayotganini inobatga olgan holda markazlar faqat sizlarning hujjatlaringizni qabul qilish bilan cheklanadi. Shu sabab, vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, hujjatni DXM xodimiga topshirib ketishingiz so‘raladi.

Hujjatlar ikki soat ichida ko‘rib chiqilib, ruxsatnoma tayyorlanadi. Sizga bu haqida qo‘ng‘iroq qilinib, ruxsatnomani olib ketish so‘raladi», deya Xudoyor Meliyevning so‘zlari keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top