21:02 / 29.03.2020
83801
Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini ma'lum qildi

Xitoy kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi (81 439). Uni AQSh (122 666) va Italiya (92 472) quvib o‘tdi. Xitoyda koronavirusdan 3,3 ming kishi vafot etgan.

Foto: Getty Images

Xitoyda koronavirus infeksiyasi tarqalishini umuman olganda to‘xtatishga erishildi, dedi XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 martda mamlakat ichida koronavirus yuqtirish holatlari 3 mingdan kamroq bo‘lgan.

Shu bilan birga, uning qayd etishi, virusga qarshi kurashning yangi bosqichi bo‘lishi ehtimoli mavjud, chunki xorijdan kelganlar orasida virus yuqtirganlar soni oshib bormoqda. Shanba kuni 42 mamlakatdan kelgan 693 kishida koronavirus aniqlangan. 

South China Morning Post gazetasining ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi (81 439). Uni AQSh (122 666) va Italiya (92 472) quvib o‘tdi. Xitoyda koronavirusdan 3,3 ming kishi vafot etgan.

Avvalroq koronavirus tarqalishi boshlangan Uhan shahrida metro faoliyati qisman tiklangani xabar qilingandi. Metro karantin sababli ikki oy davomida ishlamay turdi. 

Keyinroq Uhan shahri joylashgan Xubey provinsiyasida ichki aviaqatnovlarga ruxsat berildi.

28 mart holatiga ko‘ra, Xubey provinsiyasida birorta ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top