11:28 / 30.03.2020
36740

65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi

AQShning Chikago shahrida yashab, 65 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlik koronavirus sababli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: @nashsteviej

Bu haqda qariyalarning nabirasi Stiven Nesh xabar qilgan.

Uzoq yillar birga bo‘lgan er-xotin koronavirusga chalinganlik sababli bir necha soatlik farq bilan hayotdan ko‘z yumishgan. 

Stiven Neshning ta'kidlashicha, uning bobosi va buvisi AQShda koronavirusdan o‘lim holatlari keskin ko‘payib ketgan kunda vafot etishgan.

“Men bobom va buvimni koronavirus sababli 24 soat ichida yo‘qotdim. O‘z yaqinlaringizni mahkamroq quching”, deb yozgan Nesh Twitter’da. U bobosi va buvisi suratlarini e'lon qilib, ular ortidan 6 farzand va 18 nabiralari qolganini yozgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top