19:48 / 30.03.2020
13652
Avtomobillar harakati cheklanganda viloyatlararo pul o‘tkazmasi imkoniyati mavjudmi? 

Karantin vaqtida pochta aloqasi orqali pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashtirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  ma'lumot berdi.

Respublika aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha  maxsus komissiya o‘rnatgan tartiblar amal qilmoqda. Avtotransport vositalari harakatining cheklanishi hududlararo pul o‘tkazmalariga talabni oshiradi. 

Shularni inobatga olib, «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati 2020 yil 30 aprelgacha respublikaning barcha hududlaridagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi obektlari orqali tez va oson elektron pul o‘tkazmalarini yuborish imkoniyatini yana qulay narxda taqdim etadi. Pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashtirildi.

Markaziy bank axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, karantin davrida istalgan tijorat bank filiali orqali bank plastik kartasini ochib, pul o‘tkazmalarni karta orqali boshqarish mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top