23:50 / 30.03.2020
18323
Huawei behurmatlik sababli Yevropa davlatlariga yordamini qaytarib oldi

Xitoyning Huawei kompaniyasi Yevropa ittifoqiga yordam sifatida yuborgan tibbiy niqoblarni qaytarib olishga qaror qildi. Bunga Yevropa ittifoqida ushbu yordamga behurmatlik qilingani sabab bo‘lgan. 

Foto: iStock

Xitoy kompaniyasi Ispaniyaga 1 mln dona, Niderlandiyaga 800 ming dona niqob jo‘natgan.    

Kompaniyaning o‘z yordamini qaytarib olishiga Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ehtiyotsizlik qilib, Huawei yordamini “saxiylik siyosati” hamda shunchaki piar-kampaniya deb atagani sabab bo‘lgan. 

Huawei rahbariyati bunday “minnatdorlik”ka o‘z munosabatini kuttirib qo‘ymagan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, u siyosatbozlikka hech qanday aloqasi bo‘lishni istamaydi va Yevropaga yordamini to‘xtatadi.   

“Biz bu yerda, Yevropada niqoblar donorligi dasturimizga chek qo‘yamiz”, deb aytgan kompaniya vakili.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top