14:35 / 30.03.2020
43152

MB: Kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishga faqat murojaatnoma kerak

Foto: Markaziy bank

Koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik sub'yektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ularning kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo‘yicha kredit tashkilotlariga ko‘rsatmalar berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnomani taqdim etish bilan cheklanib, murojaatnomada:

  • kredit to‘lovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh;
  • karantin davri yakunlangandan so‘ng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.

«O‘z navbatida, karantin davri tugagandan so‘ng belgilangan muddat ichida qo‘shimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kiradi», deyiladi axborotda.

Ta'kidlanishicha, tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar to‘g‘risida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qo‘shimcha ma'lum qilinadi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top