16:44 / 30.03.2020
10819
O‘zbekistonda banklar resurslari qisqarayotgani yo‘q – MB

Epidemiologik holat davrida fuqarolarning banklardan o‘z mablag‘larini qaytarib olishi, pullarni xorijiy valutaga almashtirish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish masalalari turganda banklar o‘z likvidligini saqlab qola oladimi?

Foto: Markaziy bank

O‘zbekiston banklari yetarlicha likvidlikka ega, deb ma'lum qildi Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov yuqoridagi savolga javoban.

«Markaziy bank tijorat banklarining likvidligi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning hisobraqamlaridagi qoldiqlar, valuta oldi-sotdisi nazorat qilinadi.

Aytish mumkinki, O‘zbekistonda bank tizimi yetarli darajada likvidlikka ega. Banklardagi resurslarning qisqarish holatlari kuzatilmayapti.

Likvidlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ham Markaziy bank ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli vositalarga ega», – dedi Husanxo‘ja Abidov 30 mart kungi brifingda.

Bundan oldin Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmasligi, plastik kartalar bilan ham muammo bo‘lmasligi ma'lum qilingan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top