21:51 / 30.03.2020
18440

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jamoat fondiga mablag‘ o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga o‘tkazdi.

«Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi», – deyiladi press-relizda.

Ma'lumot uchun, fondga yig‘ilgan mablag‘lar dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralarni moliyalashtirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish uchun ishlatiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top