23:06 / 30.03.2020
35328
Putin va Tramp koronavirus hamda neft bilan bog‘liq vaziyatlarni muhokama qildi 

Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, koronavirus pandemiyasi va jahon neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilishdi.  

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, Vladimir Putin va Donald Tramp koronavirus xavfiga qarshi ko‘rayotgan choralari bo‘yicha o‘zaro ma'lumot almashishgan.

Ikki davlat yetakchisi jahon neft bozori holati bo‘yicha fikrlar almashishgan va bu masalada energetika vazirlari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuv o‘tkazishga kelishib olishgan. Shuningdek, o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishilgan.

Avvalroq Tramp Putin bilan neft narxlari, savdo va koronavirusga qarshi kurashni muhokama qilmoqchiligini ma'lum qilgan. U ta'kidlab o‘tganidek, neftning qardsizlanishi Moskva va Ar-Riyod o‘rtasidagi “urush” natijasi hisoblanadi.

Top