23:53 / 30.03.2020
13543

Xitoyda deyarli barcha asosiy sanoat korxonalari ishga tushgan

Xitoyda koronavirus tarqalishi nazorat ostiga olingani sababli asosiy sanoat korxonalarining 98,6 foizi normal ishlab chiqarish siklini tikladi.

Foto: Reuters

Bu haqda jurnalistlarga Xitoyning sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Sin Gobin ma'lum qilgan

Uning ta'kidlashicha, ushbu korxonalarning deyarli 90 foiz xodimlari ish joylariga qaytishgan. Shu bilan bir vaqtda kichik va o‘rta biznes korxonalarining 76 foizi faoliyati tiklangan, qurilish obektlarida ishlar sur'ati oshib bormoqda.

Shu bilan birga Gobinning ta'kidlashicha, pandemiya Xitoyning tashqi savdosiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

“Infeksiyaning global ko‘lamda tarqalishi Xitoyning ishlab chiqarish, yetkazib berish zanjirlariga va tashqi savdosiga muqarrar ta'sir ko‘rsatadi”, deb aytgan Gobin.

Amaldorning aytishicha, joriy yil yanvar-fevralida Xitoy tashqi savdosi hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kamaygan.

Uning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi avj olgan sari Xitoyda import va eksport bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Shu sababli vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatish va unga tezkorlik bilan javob berishga tayyor turish lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top