10:40 / 31.03.2020
88154

Karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan hududlar ma'lum bo‘ldi

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar O‘zbekiston bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 14 968 ta holat aniqlandi.

Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirligi hududlar kesimida raqamlarni keltirib o‘tdi.

  • Toshkent shahrida – 2 621 ta holat
  • Farg‘ona viloyati – 1 934
  • Samarqand viloyati – 1 558
  • Toshkent viloyati – 1 311
  • Jizzax viloyati – 1 237
  • Namangan viloyati – 1 167
  • Surxondaryo viloyati – 995
  • Andijon viloyati – 900
  • Qashqadaryo viloyati – 777
  • Buxoro viloyati – 705
  • Sirdaryo viloyati – 593
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 559
  • Xorazm viloyati – 370
  • Navoiy viloyati – 241

«Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 30 mart kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Muqanna ko‘chasida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro A.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni soat 11:00larda fuqaro B.R.ga Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, «Abay» mahallasi, Xalqlar do‘stligi ko‘chasida tibbiy niqobsiz karantin qoidalarini buzib va spirtli ichimlik ichib mast holda fuqarolar tinchligini buzgani uchun MJtKning 183-moddasi, 194-moddasi 2-qismi hamda 54-moddasi 1-qismiga asosan 10 sutka qamoq jazosi berilgan.

30 mart kuni Namangan viloyati, Uychi tumani, «Xizirobod» mahallasida yashovchi 1986 y.t., fuqaro A.Yu. karantinga olingan bo‘lsa-da, karantin joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, «Mahallot» mahallasi, Olmazor ko‘chasida yashovchi, Qarshi shahar, «A.Navoiy» mahallasida joylashgan kompyuter o‘yinlari markazi ish boshqaruvchisi 1992 y.t. E.G‘. kompyuter o‘yinlari markazining ish faoliyatini davom ettirgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ta'kidlab o‘tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo‘lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart», – deyiladi Ichki ishlar vazirligi axborotida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top