16:44 / 31.03.2020
16416

Karantin tufayli xorijga ketolmagan 163 mingdan ortiq kishiga ish topish choralari ko‘rilmoqda - Vazirlik

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga karantin davrida qanday tarzda yordam berilishi haqida axborot berdi.

«Karantin paytida vazir va uning o‘rinbosarlari hududlarga biriktirilgan. Ular aholining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan qatlamiga yetkazilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari manzilli yetkazilishi, shuningdek, bozorlardagi narx-navo ustidan nazorat funksiyasini bajarishyapti.

Xorijda ishlab O‘zbekistonga qaytgan fuqarolarga karantin davrida alohida e'tibor qaratish vazifasi yuklandi. Vazirlikda xorijda vaqtinchalik mehnat qilib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning mutaxassisligi, xorijda orttirgan ish tajribasi, malakasidan kelib chiqib shu yerda ishga joylashtirish ishlari amalga oshirilyapti.

Ayni vaqtda karantin tufayli xorijga ketolmagan 163 ming 396 nafari bilan manzilli ish olib borilyapti. Karantindan keyin ularni ish bilan ta'minlash uchun tegishli choralar ko‘riladi», deya Boymirzayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top