14:30 / 31.03.2020
7399
«Karantin tugaguncha, mablag‘ yig‘ilishidan umidvormiz» - jigar sirrozidan qiynalayotgan bemorga ko‘mak zarur

Kun.uz tahririyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan Nursulu Tulayeva turmush o‘rtog‘ining sog‘ligidan xavotirda.

«Turmush o‘rtog‘im - 2017 yildan beri jigar sirrozi tufayli azob chekadi. Buning davosi sifatida esa shifokorlar 2019 yilning may-iyun oylarida jigar ko‘chirib o‘tkazishni tavsiya qilishdi. Buni amalga oshirish uchun esa Hindistonga borish zarur. Operatsiya xarajatlariga esa 27 ming dollar talab qilinar ekan. Afsuski, bizda hozir buncha mablag‘ yo‘q», - deydi  Nursulu Tulayeva.

Ayni paytda jigar sirrozi bilan olishayotgan Murot Tleumuratovni yana boshqa dardlar ham qiynamoqda. O‘t qopida suv yig‘ilishi, churra va asosiy dard – jigar sirrozi bemorni har oy kasalxonada davolanishga majbur qilmoqda.

«Agar mablag‘ yig‘ilsa, Hindistonda jigar ko‘chirish amaliyotini qildirishni reja qilgandik. Turmush o‘rtog‘imning ukasi unga donor bo‘lmoqchi», - deydi Nursulu Tulayeva.

Ayni paytda Yashnobod tumanida ijarada yashovchi oila agar o‘z uylari bo‘lganida operatsiya uchun sotishga ham rozi ekanliklarini biroq muhtojlik uchun yaxshi odamlardan yordam so‘rashga majbur bo‘lishganini aytishmoqda.

Nursulu Tulayeva turmush o‘rtog‘ining har oy virusologiya ilmiy tekshirish markazi klinikasida davolanib chiqishini, keyin yana 3-4 kundan so‘ng ahvoli yomonlashib, ko‘ngil aynishi, qon suyulishi kuzatilishini aytar ekan, shuning uchun ham tezroq operatsiya qildirish zarurligini ma'lum qildi.

«O‘zim ham ikkinchi guruh nogironiman. 5 yoshli qizchamiz bor. Uning kelajagi uchun ham dadasi sog‘ayib ketishini chin dildan xohlaymiz.

May oylarigacha karantin davri tugaydigan bo‘lsa, o‘sha davrgacha yetarli mablag‘ yig‘ilsa, Hindistonda jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirib qaytardik», - deydi Nursulu Tulayeva so‘zi oxirida.

Murat Tleumuratovga oid ma'lumotlar: 

Plastik karta raqami, Kapital bank Uzcard: 8600 4904 9355 6419 (Ukasi Tleumuratov Mirzaning nomida)

VISA karta raqami, Kapital bank: 4278 3300 0012 6480 (Ukasi Tleumuratov Mirzaning nomida)

Sberbank: 4276-3801-7797-5567 ( Qaynonasi Sarsenova Urinbike nomida)

Telefon raqami: +998(99)304-29-44 (bemorning rafiqasi)

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top