12:30 / 31.03.2020
12795

Namanganda xorijdan qaytgan 212 nafar fuqaro karantin muddati tugab, uyiga qaytarildi

Latviya va Erondan Namanganga keltirilib, karantinga olingan fuqarolar, belgilangan muddat tugagach, o‘z yashash viloyatlariga qaytdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviyadan qaytgan 175 nafar o‘zbekistonlik To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda «Kosonsoy» sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edi.

Bugun, 31 mart kuni ular karantin muddatini tamomlab, o‘z yashash viloyatlariga jo‘nab ketdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

«Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga olib kelinganlar xuddi shu tartibda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chotqol» sihatgohida karantinda bo‘lishdi. Ular orasida 29 nafar viloyatimiz vakillari ham bor edi. Bugun ular ham Namanganga qaytib kelishdi. Endi hamyurtlarimiz uy karantini sharoitida shifokorlar kuzatuvida bo‘lishadi», – deyiladi xabarda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top