14:29 / 01.04.2020
5547
Asaka IIB aholiga oziq-ovqatni bepul yetkazib beruvchi 10ta mashinani tashkil etdi 

Andijon viloyati Asaka tumani IIB tashabbusi bilan, 10ta yengil avtomobil aholiga oziq-ovqatlarini bepul yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. 

Foto: IIB axborot xizmati

Andijon viloyati Asaka tumani IIB mutasaddilari tashabbusi bilan, karantin davrida namunali jamoat tartibini saqlash va o‘rnatilgan karantin tartiblariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida, aholiga oziq-ovqatini bepul yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi avtomobillar ajratildi

Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, Asaka tumanida mavjud bo‘lgan jami 74ta mahallaning markaziy joylariga oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu yarmarkalarda aholi uchun zarur birlamchi tovarlar oshirilmagan narxlarda sotilmoqda. 

Shuningdek, tuman hududida xizmat ko‘rsatuvchi Royal Taxi korxonasiga qarashli 90ta yengil avtomobil ham oziq-ovqat yetkazib berishga jalb etilgan.

Top