00:16 / 01.04.2020
6382
BMT bosh kotibi pandemiyaga qarshi kurashish uchun jahon YaIMning 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi

Antoniu Guterrish namuna sifatida AQSh kongressining Amerika iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi 2 trln dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rsatdi. 

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish pandemiyaga qarshi kurashish va uning iqtisodiy oqibatlarining oldini olishda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish uchun AQShga o‘xshab jahon YaIMning 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi.

"Bizga jahon YaIMning kamida 10 foizini tashkil etuvchi umumiy, muvofiqlashgan javob kerak. Rivojlangan mamlakatlar buni qila oladi va ayrimlari amalga oshirishni boshladi", dedi u.

Guterrish namuna sifatida AQSh kongressining Amerika iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi 2 trln dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rsatdi. 

"Men global miqyosda ham xuddi shunday qilish kerak deb hisoblayman. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tahdidlarga munosib tarzda javob qaytarish uchun pul chop etishimizni bildiradi", - dedi u.

Avvalroq BMT o‘rta va past daromadli davlatlarga koronavirusga qarshi kurash va uning oqibatlarini yengishda yordam berish uchun maqsadli jamg‘arma tashkil etishi xabar qilingandi.  

Top