20:45 / 01.04.2020
25169
Mercedes-Benz koronavirus pandemiyasi ortida o‘z logotipini o‘zgartirdi

Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi koronavirus pandemiyasi ortida ijtimoiy masofalashuvga amal qilish muhimligini ta'kidlash maqsadida o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi. 

Kompaniya logotipining “karantin” variantida uch nurli yulduz uning atrofidagi aylana bilan tutashmagan. Ma'lumki, kompaniyaning an'anaviy logotipida yulduz aylana bilan tutashgan holda tasvirlagan. Yangi logotipda esa yulduz kichraytirilib, u bilan aylana o‘rtasida masofa hosil bo‘lgan.

Facebook/Mercedes-Benz

Kompaniya shu tariqa pandemiya vaqtida odamlar o‘zini koronavirusdan himoyalash va uni boshqalarga yuqtirmaslik uchun o‘zaro masofa saqlashlari lozimligini targ‘ib qilgan.

Avvalroq Audi va Volkswagen kompaniyalari ham yuqorida ta'kidlab o‘tilgan maqsadda logotiplarini o‘zgartirgandi. Ushbu kompaniyalar ham shu yo‘l bilan ijtimoiy masofalashuv muhimligini yana bir bor eslatib qo‘yishgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top