21:45 / 01.04.2020
75730
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 181taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 181tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 12 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 167 bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top