15:30 / 01.04.2020
65231
Payariq tuman hokimi karantinga olingan
Foto: zarnews.uz

Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov xorijiy safarda bo‘lgani tufayli karantinga olingan, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lish belgilab qo‘yilgan. 

Shu munosabat bilan, bugungi kunda tuman hokimi Dilshod Musinov karantinga olingan. Tuman hokimligi axborot xizmati Musinovning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘qligi va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlashini ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, u bunga qadar Turkiya Respublikasida xizmat faoliyati yuzasidan safarda bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top