22:35 / 02.04.2020
10177

AQShda 104 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi

AQShning Oregon shtatida yashovchi 104 yoshli qariya, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Bill Lapschis koronavirus keltirib chiqargan kasallikdan sog‘ayib ketdi.

Foto: AP

Fox News telekanalining ma'lum qilishicha, Lapschis 104 yoshini joriy hafta boshida qarshilagan. Ta'kidlanishicha, u koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa odam bo‘lishi mumkin.

Qariya Lebanon shahridagi qariyalar uyida koronavirusga chalingan 15 kishidan biri bo‘lgan. Bu qariyalardan 2 nafari joriy haftada vafot etgan.

Avvalroq Xitoyda 103 yoshli Chjan Guanfen ismli ayol koronavirusdan sog‘ayib ketgani ma'lum qilingandi. Ayol shifoxonada 6 kunlik davolashdan o‘tgach, uyiga javob berilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top