11:50 / 02.04.2020
19678

AQShning bosh infeksionisti o‘z nomiga tahdidlar oldi 

Oq uyning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha guruhi a'zolaridan biri, AQShning Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi o‘z nomiga tahdidlar olmoqda.

Foto: AP Photo/Alex Brandon

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari vakilining telekanalga ma'lum qilishicha, AQSh sog‘liqni saqlash vazirligining bosh inspektori Fauchiga bildirilayotgan tahdidlardan keyin AQSh Federal marshallar xizmatiga yordam berish iltimosi bilan murojaat qilgan. Shundan keyin Fauchiga shaxsiy qo‘riqchilar ajratilgan.

Shuningdek, Vashington politsiya boshqarmasining bir necha xodimi shifokorning uyi oldida qolmoqda.

Fauchining o‘zi Oq uyda koronavirus bo‘yicha o‘tgan brifingda jurnalistlarning haqiqatan ham u tahdidlar olayotgani haqidagi savollariga javob bermagan.

Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp Fauchi qo‘riqchilarga ehtiyojmandmasligini, chunki uni “hamma yaxshi ko‘rishini”, kimdir unga hujum qilgudek bo‘lsa, “katta muammolarga duch kelishini” aytgan. 

The Atlantic nashrining ta'kidlashicha, AQShning bosh infeksionisti Ronald Reygandan boshlab AQShning barcha prezidentlariga epidemiya masalalari bo‘yicha maslahat berib keladi. Shifokor nashr bilan suhbatda Trampda “o‘z uslubi bor” bo‘lsa-da, biroq AQSh prezidenti uning tavsiyalariga quloq solishini aytgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top