09:01 / 02.04.2020
21001

BMT va JST dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

Bir nechta xalqaro tashkilotlar rahbarlari turli davlatlar hukumatlari to‘g‘ri harakatlar amalga oshirmasa, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat dunyoda oziq-ovqat yetkazilishi bilan muammolarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Foto: TASS

1 aprel kuni bunday ogohlantirish bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyyesus, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robert Azevedu va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Tsyuy Dun'yuy chiqishgan.

“Oziq-ovqatga egalik borasidagi ikkilanish eksportga cheklovlarga olib kelishi, bu esa jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligini yuzaga keltirishi mumkin”, deb aytilgan xalqaro tashkilotlar rahbarlarining qo‘shma bayonotida.

“Koronavirus sababli chegaralar yopilgan pallada oziq-ovqat taqchilligidan qochish maqsadida mahsulotlar oqimlarining iloji boricha erkinroq harakatlanishini kafolatlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish lozim”, deyilgan bayonotda.

OAVning bu bilan bog‘liq holda eslatishicha, 2008 yilgi jahon inqirozidan keyin Hindiston va Vetnam guruch eksportini cheklab qo‘ygani oqibatida bir qator rivojlanayotgan davlatlarda guruch narxi ko‘tarilishi sababli tartibsizliklar yuzaga kelgan.

JSST, JST va FAO rahbarlarining ta'kidlashicha, ayni vaqtda ba'zi davlatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi xorijiy ishchi kuchi oqimiga kuchli bog‘liqligi ayon bo‘lib qoldi. Misol uchun, AQShda ko‘plab ekinlarning yetishtirilishi Meksikadan keluvchi mavsumiy ishchilar yetishmayotgani sababli xavf ostida qolgan. Shunday holatlar Shimoliy Afrika va Sharqiy Yevropadan keluvchi ishchilarga tayangan G‘arbiy Yevropada ham kuzatilmoqda. 

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ishlovchi kishilarning xavfsizligini ta'minlashga chaqirgan. OAVning aniqlik kiritishicha, avvalroq Italiya va Fransiyadagi supermarketlar xodimlari sog‘liqlarini himoyalash bo‘yicha choralar yetarlicha emasligi vaji ostida ishga chiqishdan bosh tortishgan. Shunga o‘xshash muammolarga AQShdagi Whole Foods savdo tarmog‘i ham to‘qnash kelgan.

JSST, JST va FAO rahbarlarining fikricha, bu muammolar ortida xalqaro hamkorlik muhim ko‘rinish oladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top