21:11 / 02.04.2020
6484
Eron parlamenti raisida koronavirus aniqlandi

Eron parlamenti raisi Ali Lorijoniy koronavirus yuqtirib oldi.

Foto: Parstoday

Mamlakat prezidenti huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, 62 yoshli mulozimda koronavirus testi ijobiy natija bergan. Ayni paytda u karantinga olingan va davolanishni boshlagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BST) ma'lumotiga ko‘ra, 2 aprel holatiga Eronda koronavirus yuqtirib olganlar soni 50 mingdan oshib ketgan. Ularning 3 mingdan ortig‘i vafot etgan. 16 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top