22:56 / 02.04.2020
43434

Filippin prezidenti karantinni buzganlarni otishga ruxsat berdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiya va harbiylarga koronavirus tarqalishi oldini olish uchun kiritilgan karantin tartibini buzganlarni otishga ruxsat berdi. 

Rodrigo Duterte / Foto: Presental photo

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi

Jumladan, Duterte tartibsizliklar uyushtiruvchilarni yoki oziq-ovqat tarqatilishiga xalaqit qiluvchilarni ham o‘qqa tutishga ruxsat bergan. 

“Mening politsiya, harbiylar va barangaylarga [dahalar] buyrug‘im shundan iboratki, karantinga amal qilmaydiganlarni boshqarib bo‘lmasa va ular qarshilik ko‘rsatishni boshlasa hamda hayotingizga xavf tug‘ilsa, ularni otib tashlang”, deb aytgan Duterte.

Shu bilan birga prezident so‘l guruhlarni oziq-ovqat taqchilligi ortida isyon ko‘tarishning oqibatlari yomon bo‘lishidan ogohlantirgan.

Avvalroq mamlakat poytaxti Manilada hukumatdan oziq-ovqat masalasida yordam berish talabi bilan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Filippinda 2633 kishi koronavirusga chalingan, 107 kishi undan vafot etgan.

Qoidabuzarlarga qarshi qattiqqo‘l choralar ko‘rishi bilan ma'lum bo‘lgan Duterte avvalroq og‘ufurushlarni va poraxo‘r amaldorlarni otishga ruxsat bergandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top