19:16 / 02.04.2020
20795
Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurash doirasida 75 mln so‘m xayriya qildi

Shu kunlarda mamlakatdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilmoqda, deya yozadi OKMK klubi matbuot xizmati.

Foto: Tribuna.uz

«Jumladan, yurtdoshlarimiz «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlariga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan o‘z hissalarini qo‘shishga harakat qilishmoqda.

O‘z navbatida, mazkur xayrli ishga o‘zbek futboli afsonasi, ayni paytda OKMK jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan mutaxassis Mirjalol Qosimov ham ixtiyoriy ravishda ushbu fondga beg‘araz yordam tariqasida 75 million so‘m mablag‘ni o‘tkazib berdi», - deyiladi klub xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top