11:52 / 02.04.2020
79676
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 190taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 190tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 12 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 176 bemor davolanmoqda. 

Bundan avvalroq Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo Asilova yana kamida 10 nafar bemor to‘liq tuzalib, ularga javob berilishi kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top