23:20 / 02.04.2020
94579
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 178 bemor davolanmoqda. 

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar 1 milliondan oshdi, ulardan 51371 nafari halok bo‘lgan, 210 mingdan ortiq kishi tuzalgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top