15:49 / 02.04.2020
20249
Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani boshqa mamlakatlarda ham sinab ko‘rmoqchi

Birinchi guruhdagilar oz miqdorda, ikkinchi guruh o‘rtacha va uchinchi guruh yuqori miqdordagi vaksina bilan emlanadi. Klinik tadqiqotlar yil  oxiriga qadar davom etadi.

Foto: Liu Kun / Keystone Press Agency / Global Look

Xitoy olimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning samarasi to‘g‘risida yanada aniqroq natijaga ega bo‘lish uchun uni xorijda sinab ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Xitoyda yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari 16 martda boshlangan. Sinovlarda 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Ular 36 kishidan 3ta guruhga bo‘lingan.

Birinchi guruhdagilar oz miqdorda, ikkinchi guruh o‘rtacha va uchinchi guruh yuqori miqdordagi vaksina bilan emlanadi. Klinik tadqiqotlar yil  oxiriga qadar davom etadi. Tadqiqotlarning birinchi bosqichi boshlangan.

Respirator kasalliklar bo‘yicha davlat laboratoriyasi virusologi Chen Linning so‘zlariga ko‘ra, sinovlarning ikkinchi va uchinchi bosqichlari uchun minglab kishilar kerak bo‘ladi va sinovlarning virusdan ko‘p zararlangan mamlakatlarda o‘tkazilishi tezroq va aniqroq natijalarga ega bo‘lishga yordam beradi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top