19:10 / 03.04.2020
32975
AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi

AQShda bir kun ichida koronavirusdan 1169 kishi vafot etdi. Bugunga kelib mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 6 mingdan oshib ketdi.

Foto: EPA

Bu pandemiya davomida qayd qilingan bir kun ichidagi eng ko‘p o‘lim holatlari bo‘lib, avvalgi antirekord 27 mart kuni Italiyada qayd qilingandi. O‘shanda mamlakatda bir kun ichida koronavirusdan 969 kishi vafot etgan.

Bu haqda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha statistika olib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi. 

AQSh hozirda kasallanishlar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 245 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top