17:13 / 03.04.2020
26920
Beeline Uzbekistan limitdan tashqari trafik narxini pasaytirdi

Beeline Uzbekistan mobil operatori «Yangi XIT» va «Status New» tarif rejalari abonentlari uchun limitdan tashqari megabaytlar narxi 6 barobargacha pasaytirilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«Do‘stlar! Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab internet-trafik iste'moliga bo‘lgan talab kuzatilmoqda, bu aholining bir qismi masofadan ishlashga o‘tishi va uyda qolish bo‘yicha shifokorlarning tavsiyalariga rioya qilishi bilan bog‘liqdir.

Bu vaqtda barchamiz tashqi dunyo bilan aloqada bo‘lib,  muhim yangiliklardan xabardor bo‘lib turishimiz muhimdir.

Beeline Uzbekistan abonentlarning fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqib, sizning qulayligingiz haqida qayg‘urib, limitdan tashqari trafik narxini pasaytirdi! 

Endi «Yangi XIT» va «Status New» tarif rejalari abonentlari uchun limitdan tashqari megabaytlar narxi 6 barobargacha pasaytirildi!

Ortiqcha to‘lovlardan qo‘rqmasdan, internetdan bemalol foydalaning!», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

  • «Status New» tariflar turkumida – 630 so‘m/MB -> 150 so‘m/MB
  • «Yangi XIT» tariflar turkumida – 630 so‘m/MB -> 100 so‘m/MB

Reklama huquqi asosida

Top