17:06 / 03.04.2020
14816
Dunyoda koronavirus qurbonlari hisobi to‘g‘ri yuritilyaptimi?

2020 yil 3 aprel holatiga Covid-19 butun dunyo bo‘ylab 1 milliondan mingdan ortiq kishini zararladi. Kasallikdan jami 54 mingdan ortiq kishi vafot etdi. O‘lim holatlarining katta qismi Italiya (13 915), Ispaniya (10 935), AQSh (6 098) va Fransiyaga (5387) to‘g‘ri kelyapti.

MARCEL KUSCH / GTRES

Agar minglab kishilarning o‘limiga yagona virus sabab bo‘layotgani hisobga olinsa, raqamlar juda qo‘rqinchli. Ko‘rsatkichlar aslida bundan ham qo‘rqinchliroq bo‘lishi mumkin. Chunki kasallikning paydo bo‘lishi va tarqalishini o‘rganayotgan olimlar ko‘p mamlakatlarda koronavirus sababli vafot etganlar soni noto‘g‘ri hisoblanayotganini aytishmoqda. Masalan, sayyoramizning ayrim mintaqalarida muruvvat uylaridagi keksalarning o‘lim holati hisobga olinmayapti. Ayrim mamlakatlar hukumatlari statistik ma'lumotlarda vafot etganlarni hisobga olishda ulardan ruxsat so‘ramoqda. Shuning uchun ham real o‘lim ko‘rsatkichi rasmiy ma'lumotlardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Koronavirusdan vafot etganlar statistikasi

El Pais nashri turli mamlakatlar hukumatlari koronavirus sababli yuzaga kelgan o‘lim ko‘rsatkichini turlicha hisoblashayotni haqida ma'lumot berdi. Jurnalistlar Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada o‘lim ko‘rsatkichi hisob-kitobi qanday olib borilayotgani haqidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi. Ma'lum qilinishicha, mazkur mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq  o‘lim holatlari noto‘g‘ri hisoblanmoqda.

Masalan, Ispaniyada muruvvat uylarida yuz bergan o‘lim holatlari hisobga olinmaydi. Koronavirus ko‘proq 60 yoshdan katta keksa kishilar hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lyapti. Agar El Pais jurnalistlariga ishonadigan bo‘lsak, 26 mart holatiga Ispaniyada 352 kishi vafot etgani qayd etilgan. Ehtimol, ayrim o‘limlar sababi koronavirus bo‘lishi mumkin. Biroq shuni hisobga olish kerakki, mazkur ma'lumotlar jurnalistlar tomonidan to‘plangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa muruvvat uylaridagi o‘lim holatlariga tegishli ma'lumotlarni taqdim etmagan.

Fransiyada yuritilayotgan statistikada ham xuddi shunday vaziyat ko‘zga tashlanmoqda. Ma'lumki, hukumat koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan 600ta mahalliy klinika va kasalxonalardagi o‘lim holatlarini hisoblamoqda. Ya'ni mamlakatdagi 7 mingta muruvvat uylarida yashayotgan keksa kishilarning bilan bog‘liq o‘lim statistikasiga kiritilmayapti. Biroq endi vaziyat o‘zgarmoqda. Chunki prezident Emmanuel Makron keksa kishilar o‘rtasida koronavirus sababli o‘lish ko‘rsatkichi ko‘p ekaniga e'tibor qaratgach, 30 mart kunidan boshlab ana shu muassasalar ham kuzatib borilishini e'lon qildi.

Emmanuel Makronning topshirig‘iga binoan Fransiya hukumati muruvvat uylaridagi o‘lim ko‘rsatkichlarini ham hisobga oladi.

Boshqa mamlakatlarda ham hisob-kitobni yuritishda noaniqliklar mavjud. Salomatlik oliy institutlari ma'lumotlariga ko‘ra, Italiya hukumati rasmiy statistikaga koronavirus tashxisi tasdiqlangan bemorlarning o‘lim holatlarini kiritmoqda. Agar bemor kasalxonada vafot etgan bo‘lsa, hisobga olinadi, muruvvat uyida vafot etgan holatlar esa statistikaga kiritilmaydi. Agar 70 yoshdagi odam uyda vafot etsa, katta ehtimol bilan u keksa bo‘lgani uchun vafot etgan deb hisoblanadi. Vafot etgan kishi koronavirus testidan o‘tkazilmaydi. Chunki test hatto tirik odamlarga ham yetmaydi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, koronavirus sababli yuzaga keladigan o‘lim holatini baholash deyarli imkonsiz – buning uchun barcha vafot etgan kishilarni testdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Niderlandiyada faqat kasalxonaga yotqizilgan kishilarning o‘lim holati hisobga olinadi. Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq o‘lim faqat ikki holatda – agar odam bevosita kasallik sababli vafot etsa yoki ilgari mavjud bo‘lgan kasalliklarning og‘irlashuvi sababli yuz bergan o‘lim ro‘yxatga olinadi. Bemorning ahvoli koronavirus sababli og‘irlashganini aniqlash uchun murdani o‘likxonada yorib ko‘rish kerak bo‘ladi.

Ispaniya va boshqa mamlakatlarda kasallikni aniqlash uchun testlar yetishmasligi holatlari kuzatilyapti. Natijada ko‘pchilik kasallikni yuqtirib olganini bilmaydi va o‘z-o‘zidan, hukumat ham bu haqida ma'lumotga ega emas. Statistikaga kasallikni yuqtirib olgan kam sonli odamlar haqidagi ma'lumotlar kiritilyapti, o‘lim holatiga tegishli ma'lumotlar esa haqiqatga ancha yaqin. Natijada kasallikni yuqtirib olgan kishilar kamroq, o‘lim holatlari esa nisbatan ko‘proq kuzatilyapti. Shu tariqa, Covid-19 sababli yuzaga kelgan o‘lim asl holatga qaraganda ko‘proq bo‘lyapti.

Yoki boshqa vaziyatni olaylik: bir kishi koronavirusning kuchsiz belgilari va umuman hech qanday belgilarsiz kasallik bilan og‘ridi. Shuning uchun bu odam kasallanganlar statistikasida hisobga olinmaydi. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, bu kabi odamlar, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida ayniqsa ko‘p. Natijada kasallanganlar miqdori kamaytirilmoqda. O‘lim holatlarining foizi esa real holatga qaraganda ko‘proq.

Bundan qanday xulosa kelib chiqadi? Barcha mamlakatlar o‘lim miqdori hisobini yuritish usullarini qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Bu jarayonga biz qanday ta'sir ko‘rsata olamiz? Bugungi kunda uyda qolib, sayyorani saqlab qolishimiz mumkin. O‘zingizni asrang va sog‘ bo‘ling!

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top