20:55 / 03.04.2020
14459
Hindistonda egizaklarga “koronaviruscha” ismlar berildi

Hindistonning Chxattisgarx shtatida yashovchi juftlik COVID-19 pandemiyasi vaqtida dunyoga kelgan egizak farzandlariga koronavirus bilan bog‘liq Kovid (Covid) va Korona (Corona) ismlarini qo‘ydi. 

Foto: pixabay.com

Bu haqda Hindustantime nashri xabar berdi.

Egizaklar 27 mart kuni karantin vaqtida dunyoga kelgan. 

“Ha, virus xavfli, biroq uning tarqalishi odamlarni sanitariya, gigiyenaga e'tibor qaratishga va boshqa foydali odatlarni egallashga majbur qildi. Shu sababli biz bu ismlarni qo‘yishga qaror qildik”, deb aytgan egizaklarning onasi 27 yoshli Priti Verma.

Shu bilan birga, juftlik kelgusida farzandlari ismlarini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan.

Top