12:52 / 03.04.2020
3773

Karantin davrida bepul tibbiy videomaslahat olish mumkin

Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantin davrida tibbiy maslahatga zarurat tug‘ilganda qanday chora ko‘rish kerakligi haqida aytib o‘tdi.

«Turli ixtisoslikdagi shifokorlarning maslahatini onlayn shaklda olish uchun telegram tarmog‘idagi Askdoctor.uz kanaliga ulanish kerak. Shuningdek, (71) 207-22-27 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali ham kerakli yo‘nalishda bepul tibbiy videomaslahat olish mumkin», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoj paydo bo‘lganda avtotransportda harakatlanish uchun maxsus stikersiz tibbiyot muassasasiga borish mumkinligi eslatib o‘tildi.

«Homiladorlik, tug‘ruq, og‘ir tana jarohatlari, OIV/OITS, onkologik kasalliklar, nurterapiyasi, gemodializ muolajasi, xirurgik operatsiya va shu kabi hayotga xavf soluvchi holatlarda maxsus stikersiz shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish mumkin.

Bemorning hayotini saqlab qolish uchun juda muhim bo‘lgan dori-darmonni olish maqsadida uzoqdagi dorixonaga borishga to‘g‘ri kelganda ham shaxsiy avtoulovdan stikersiz foydalanish mumkin. Faqatgina bunda bemorning kasalligini tasdiqlovchi hujjat va dori uchun yozib berilgan retseptni o‘zingiz bilan olishingiz kerak», deya qo‘shimcha qildi Nurmat Otabekov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top