21:15 / 03.04.2020
10877

Novosibirsk aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

Novosibirsk shahrining «Tolmachyovo» aeroportida vatanga qaytish uchun charter reysini kutayotgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi. 

Tolmachyovo aeroporti matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining bu shahardagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, 87 nafar fuqaro xostellarga vaqtinchalik joylashtirilgan. 

2 aprel kuni «Tolmachyovo» aeroporti ma'muriyati Rossiyaning ichki reyslariga chiptasi yo‘q xorijiy fuqarolardan aeroport hududini tark etishni so‘radi. Natijada, O‘zbekistonga qaytish uchun charter reysini kutayotgan fuqarolar aeroportdan chiqarib yuborildi.

«Shu kuniyoq konsullik xodimlari aeroportga borib, O‘zbekistonning 87 nafar fuqarosini xostellarga joylashtirishga yordam berishdi. Vaziyat konsullik tomonidan nazorat qilinmoqda, fuqarolar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. O‘zbekistonliklarning yordamsiz qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz», - deyiladi Bosh konsullik xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top