10:01 / 03.04.2020
103075
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 221taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 221tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari 1 milliondan oshib ketgan (1 015 964), bemorlarning 212 mingdan ortig‘i tuzalgan, 53 219 kishi vafot etgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top