12:11 / 03.04.2020
10254

O‘zbekistonda tashxis qo‘yish uchun 200 mingdan ortiq test tizimlari zaxirasi mavjud

Ayni kunlarda koronavirusga tekshirish uchun mo‘ljallangan test zaxirasi 200 ming donadan ziyodroqni tashkil etadi. Bu haqida Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Reuters

«Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni kunda Covid-19 virusining mavjudligini tekshiruvchi testlarning 200 ming donadan ziyodroq zaxirasi mavjud», dedi Nurmat Otabekov 3 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy test ishlab chiqarish tizimi oy oxiriga qadar 50 ming dona test ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

«Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborotiga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar mahalliy sharoitda 50 ming dona test ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Ular Snaitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan klinik tekshiruvlarni o‘tkazishi, Farmatsevtika qo‘mitasiga hujjat topshirishi lozim», deya ta'kidladi Bosh sanitariya inspektori.

Bundan avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholini yoppasiga test qilish rejalashtirilmaganini aytib, bu iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamasligini ta'kidlab o‘tgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top