22:10 / 03.04.2020
8310
Putin OPeK+ va AQSh bilan birgalikda neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligini bildirdi

2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Foto: Getty Images

Rossiya boshqa davlatlar bilan birgalikda neft qazib olish hajmini sutkasiga 10 mln barrelgacha qisqartirishga tayyor, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.

«Albatta, bu hamkorlikda amalga oshishi shart», — dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh va OPeK+ qatnashchi-davlatlari bilan kelishishga tayyor.

«O‘zaro hamkorlik deganimda, barcha, jumladan hamkorlarimiz ham gap inqirozgacha bo‘lgan hajmdan, ya'ni shu yilning birinchi choragida qazib olingan hajmdan qisqartirish to‘g‘risida ketayotganini tushunishadi, deb o‘ylayman», — deb qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.

2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Saudiya Arabistoni esa OPeK+ qatnashchi-davlatlari va boshqa davlatlarni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi.  

Top