08:28 / 03.04.2020
11587

Xitoyda koronavirus qurbonlari xotirasiga motam kuni e'lon qilindi

Xitoy hukumati koronavirus qurbonlari xotirasiga 4 aprelni motam kuni deb e'lon qildi. Ushbu kun mamlakatda barcha bayroqlar tushirib qo‘yiladi, barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilinadi.

Foto: REUTERS/Carlos Garcia Rawlins

Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi. Shuningdek, Xitoydagi xorijiy elchixonalar va konsulxonalarda ham bayroqlar tushirib qo‘yiladi. 

Mahalliy vaqt bilan soat 10da mamlakat bo‘ylab 3 daqiqalik sukut saqlash bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, qurbonlar xotirasiga avtomobillar, poyezdlar, kemalar gudoklari va havo hujumiga qarshi mudofaa signalizatsiyasi yangraydi.

Xitoyning sog‘liqni saqlash milliy komissiyasida ma'lum qilinishicha, mamlakatda hammasi bo‘lib 81620 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 3322 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top