19:25 / 04.04.2020
10513
AQShdagi Hyuston Metodistlar shifoxonasi ilk bor Covid-19’ni davolash uchun plazma terapiyasini amalga oshirdi

O‘tgan dam olish kunlari Hyuston Metodistlar shifoxonasi (Houston Methodist Hospital)da shifokor-olimlar COVID-19 ni davolashda ishlatilgan qon plazmasini transfuziya qilishdi.

Infografika: tmc.edu

FDA (Amerika Qo‘shma Shtatlari sog‘liqni saqlash va odamlarga xizmat ko‘rsatish federal agentligi) ruxsatidan so‘ng, 28 martda Hyuston Metodistlar shifoxonasi mamlakatdagi birinchi akademik tibbiy markaz bo‘lib COVID-19 og‘ir kasallikka chalingan bemorga — shu kasallikdan to‘la tiklangan bemorning zardob terapiyasi deb ataladigan qon plazmasini transfuziya qildi.

Tarixiy voqea o‘laroq, tadqiqotchilar COVID-19dan sog‘aygan inson qon plazmasining to‘rtdan bir qismini olib, virusni yuqtirgan ikki kishiga quyishgan.

Toza, somon rangidagi qonning bu tarkibiy qismi «hayot in'omi» deb ataladi. Glyukoza, ivish omillari va elektrolitli plazma — bakteriya va viruslarni izlovchi va yo‘q qiluvchi, immunitet tomonidan yaralgan antitanachalarga boy.

Zardobdan davolovchi vosita sifatida foydalanish qariyb bir asrlik tarixga ega. Shifokorlar ushbu terapiyani dastlab 1918 yildagi «Ispanka grippi» pandemiyasi, 1920-yillarda AQShda difteriya epidemiyasi, 30-yillarda go‘shtli bakteriyalar tarqalishi va 2014 yilda Ebola epidemiyasi paytida bemorlarni davolashda qo‘llashgan.

O‘tgan haftada xitoylik olimlar jamoasi Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi jurnalida besh bemorga konvulsiv plazma ishlatilgani va COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni davolashda foydali deb tavsiflovchi maqolani chop etdilar.

«Biz sakkiz-to‘qqiz kun ichida, odatda sakkiz oydan to‘qqiz oygacha davom etadigan ishlarni bajardik, — dedi doktor Mussiyer. — Bemorlarga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga urinishda juda katta sadoqat hissi bizni shu tezlikka yetaklaydi».

Doktor Mussiyerning aytishicha, ikki bemor uchun konvulsiv zardob terapiyasi ijobiy natijalarini ta'riflashga hali erta, ammo shifokorlar optimistik fikrda.

Suhrob Soliyev,
University College of London magistraturasi bitiruvchisi

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top