23:32 / 04.04.2020
44944

«Ijtimoiy yordam: kimga, qanday va qayerda?» – Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra  1 apreldan joriy qilingan yangi karantin choralari doirasida yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Bundan maqsad koronavirus pandemiyasi tarqalishi sharoitida keksa yoshdagi fuqarolarni ehtiyotlash hisoblanadi.
Yangi tartib bo‘yicha ehtiyojmand kishilarga xayriya yordamlarini manzilli tarzda yetkazish tadbirlari endilikda markazlashgan tartibda tashkil qilinadi.
Bu vazifani esa Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida tashkil qilingan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi amalga oshirmoqda.
Xo‘sh, biz nega bu tartibga yana qayta murojaat qilyapmiz? Gap shundaki, bir necha kundan buyon Kun.uz saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ijtimoiy yordamni olish va uning shartlari borasida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Sayt muxbiri yetib kelayotgan savollarni tahlil qilgan holda ular orasida eng ko‘p berilayotganlari bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva bilan blits-intervyu tashkil qildi.
Ushbu suhbat orqali siz ijtimoiy yordamni olish shartlari borasida eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishasiz.

 Savol: Ijtimoiy yordam olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

 Javob: 11-97 raqami orqali Ma'lumot markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan murojaat qiluvchilar Markazning hududiy Ma'lumot markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab beriladi. Shuningdek, hududiy boshqarmalarning tegishli raqamlari ham ishlab turibdi.

 Savol: Ijtimoiy yordam kimlarga beriladi?

 Javob: Ijtimoiy yordam mahsulotlari mahallalardagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va nuroniylar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan aholi vakillari, shuningdek, karantin tufayli kunlik ishga chiqa olmayotgan fuqarolarning oilalariga yetkazib beriladi.

 Savol: Ma'lumot markaziga bog‘langanda qanday ma'lumotlar kerak bo‘ladi?

 Javob: Ehtiyojmandning familiyasi, ismi, mahalla nomi hamda telefon raqamlari (ushbu ma'lumotlar ariza qabul qilish uchun kerak bo‘ladi)

Savol: Ma'lumot markazi bilan kunning qaysi paytida bog‘lanish mumkin?

 Javob: Ma'lumot markaziga (1197 qisqa raqami) har kuni 9:00dan 17:00ga qadar murojaat qilish mumkin.

 Savol: Yordamni pul ko‘rinishida ham olsa bo‘ladimi?

 Javob: Yo‘q.

 

 Savol: Ijtimoiy yordam qancha muddat uchun beriladi va uni qayta olish mumkinmi?

 Javob: Bu tizimning birinchi o‘rindagi vazifasi yordamga muhtoj oilani aniq topish. Markazlarga uchta yo‘nalishda axborot keladi.

 Birinchi yo‘nalish – biz tashkil qilgan Ma'lumot markazi raqami – 1197 orqali.

 Ikkinchi yo‘nalish – joylardagi haqiqiy ahvolni yaxshi biladigan mahalla faollarining haqiqiy, shaffof ma'lumotlari.

 Uchinchi yo‘nalish – joylarga chiqayotgan volontyorlar ma'lumotlari. Shular asosida ro‘yxat shakllantiriladi. Ro‘yxat bo‘yicha olish mumkin. Ijtimoiy yordam paketidagi mahsulotlar 4-5 kishilik oila uchun 10 kunga yetishi hisoblangan.

 Savol: Ijtimoiy yordam olish uchun dori-darmon vositalarini ham buyurtma berish mumkinmi?

 Javob: Bu borada bizga ham ko‘plab so‘rovlar bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib, buning ham yechim yo‘llari belgilab olingan.

Unga ko‘ra, xayriya aksiyasiga «Sog‘lom avlod uchun» fondi vakillari ham taklif qilingan.

Xayriya aksiyasi davomida shu kabi fondlar yordami katta bo‘lyapti.

Biz hozirda «Sog‘lom avlod uchun» fondning juda katta miqdordagi dori-darmonlaridan (retsepsiz beriladigan dorilar) foydalanyapmiz. Bundan tashqari, bizga Dori-darmon tashkiloti ham homiy sifatida katta yordam bermoqda.

 Savol: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda turib ushbu yordamni olish uchun qanday murojaat qilsa bo‘ladi?

 Javob: Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarining «Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari» telefon raqamlari.

Fuqarolar ushbu raqamlar orqali xayriya mablag‘lari masalasida biz bilan bog‘lanishlari mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
(91) 395-91-91
(61) 222-00-94
(61) 222-02-44
(61) 222-05-24
(61) 222-13-08

Andijon viloyati
(93) 910-10-99
(91) 485-97-47
(97) 998-23-11
(98) 190-92-82
(91) 610-81-84

Buxoro viloyati
(93) 685-01-38
(91) 244-90-74
(94) 247-84-84
(91) 409-52-52
(99) 706-97-99

Jizzax viloyati
90-311-37-00
99-550-03-59
93-300-80-04
90-516-37-81
97-438-27-27
93-309-58-40
93-308-14-45

Navoiy viloyati
(91) 335-18-81
(90) 501-76-68
(91) 330-16-97
(91) 339-72-52
(90) 731-47-33

Namangan viloyati
(69) 227-17-94
(69) 227-17-94
(69) 227-17-25
(69) 227-17-26
(69) 227-17-31

Samarqand viloyati
(90) 602-77-27
(98) 888-18-91
(93) 223-90-84
(93) 349-67-49
(94) 271-60-26

Sirdaryo viloyati
(99) 606-97-44
(99) 472-12-34
(99) 474-33-43
(99) 441-13-12
(97) 277-91-81

Surxandaryo viloyati
(93) 220-82-88
(93) 791-77-91
(93) 760-64-64
(93) 796-12-56
(94) 463-16-63

Toshkent viloyati
(99) 825 82 95
(99) 693 07 77
(93) 919 99 09
(90) 979 21 17
(93) 590 19 55
(90) 946 32 30

Farg‘ona viloyati
(91) 663-54-58
(73) 244-05-10
(90) 230-60-83
(94) 133-28-22
(91) 282-31-40
(94) 132-32-83

Xorazm viloyati
(93) 745 14 33
(99) 966 99 01
(94) 318 96 24
(90) 579 96 27
(94) 232 67 55

Qashqadaryo viloyati
(75) 221 39 59
(93) 424 05 06
(75) 221 11 05
(93) 709 60 90
(75) 221 20 65
(91) 227 72 79
(97) 290 04 09
(99) 665 11 26

Toshkent shahri
(90) 943-90-99
(94) 645-82-95
(90) 900-63-46
(94) 635-83-93
(90) 997-21-35

– Bergan ma'lumotlaringiz uchun rahmat.

Ilyos Safarov suhbatlashdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top