14:56 / 04.04.2020
6369
Masofaviy ta'lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e'tibor berishi lozim?

4 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta'limi vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Anvar Umarov maktab o‘quvchilariga karantin davrida o‘qituvchi va ota-onalar qay tarzda yordam berishi bo‘yicha savolga javob berdi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Ta'kidlanishicha, joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha umumta'lim maktablarida 4-chorak o‘quv jarayonlarini masofaviy ta'limni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlikning tegishli (2020 yil 31 martda 91-sonli) buyrug‘i qabul qilindi . 

Unga ko‘ra, fan o‘qituvchisi, ota-onalar o‘quvchilarning masofaviy bilim olishlariga ko‘maklashishi zarurligi va bunda ularning vazifalari belgilandi.

Fan o‘qituvchisi:

O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari televizion dars orqali o‘quvchilarga berilayotgan uy vazifalarini ota-onalar bilan birgalikda bajarilishiga ko‘maklashadi va ularni baholab boradi. Bunda o‘quvchilarning uy vazifalari yuzasidan olgan baholari Toshkent shahrida elektron jurnalga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘qituvchilar o‘zi uchun qayd etib boradi.

Ota-onalar:

farzandlariga televizion darslarni ko‘rish va uy vazifalarini bajarishga sharoitlar yaratib beradi;

farzandlarining televizion darslarni o‘z vaqtida ko‘rishini nazorat qiladi;

farzandlariga uy ishini qilishga va natijalarini fan o‘qituvchisiga yetkazishga ko‘maklashadi, shuningdek, bu borada fan o‘qituvchisi bilan hamkorlik qiladi.

Uy vazifasi:

O‘quvchilar faqat televizion darsda berilgan uy vazifasini bajaradi. O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari tomonidan ushbu uy vazifalarini bajarishda ko‘maklashadi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top