19:46 / 04.04.2020
3727
OPeK+ mamlakatlari o‘rtasidagi shoshilinch uchrashuv keyinroqqa qoldirildi

OPeK+ mamlakatlari 6 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan shoshilinch uchrashuv muddatini keyinroqqa surdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

Foto: Bloomberg

RIA Novostining xabar berishicha, sammit 9 aprelda o‘tkaziladi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni OPeK+ qatnashchi-davlatlari va boshqa davlatlarni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazishga chaqirgandi.  

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa OPeK+ va AQSh bilan birgalikda neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligini bildirdi.

Top